

"Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Hamid Aktamovning ma'lum qilishicha, klub faqat OFK licenziyalashidan o'tolmagan. Bunga klub xodimi Samandar Boborajabovning hujjat topshirishda "dedlayn"ga ulgurmagani sabab bo'lgan. Klub rahbariyati esa shu zahoti ushbu xodimni ishdan bo'shatganini ma'lum qildi.

Hamid Aktamovning aytishicha, "Qizilqum" klubi PFL licenziyalashidan allaqachon o'tib bo'lgan va kelasi mavsumda Superligada ishtirok etishi hal etilgan.



