"Qizilqum" katta o'zgarishlar ostonasida

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013
Zarafshonning “Qizilqum” jamoasi katta o'zgarishlar ostonasida turibdi.
Yig'inni Toshkent viloyatining Qiziltog' shaharchasida olib borgan jamoa kecha “Navbahor” bilan o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi (0:0).

Aytish kerakki, mazkur o'yinda, “Qizilqum” safida ko'plab yangi futbolchilar harakat qildi. Aniqrog'i, birinchi liganing ikkinchi bosqich o'yinlariga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rayotgan Navoiyning “Zarafshon-PFK” jamoasida shug'ullanayotgan 10dan ortiq futbolchilar “Qizilqum” yig'iniga yoppasiga ko'chib o'tishdi. Buni birinchi bo'limda harakat qilgan o'yinchilar tarkibidan ham bilib olishingiz mumkin.

Birinchi bo'limda to'p surgan futbolchilar: Artyom Makosin, Akmal Xoliqov, Aziz Usmonov, Akmal Rustamov, Zafar To'raev, Bobur Iskandarov, Sherzod Fayzullaev, Jamshid Shoxnazarov, Ruslan Sanaev, Hurshid Yuldashev, Jalil Kimsanov.
Ikkinchi bo'limda to'p surgan futbochilar: Erkin Jabborov, Farruh Haydarov, Jalil Kimsanov (Sunnatillo Toshpo'latov), Fayzulla Qambarov, Dauren Eshboev, Isroil Ergashev, Sarvar Xolmatov, Eldor Boymatov, Sobir Usmonxo'jaev, Navro'z Alimov.

Mazkur uchrashuvda hisob ochilmadi va tomonlar o'zaro durangga imzo cheqdi.

Darvoqe, yuqorida aytib o'tganimizdek, “Qizilqum” katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Xususan bosh murabbiy Rustam Zabirovning kelgusi taqdiri ham so'roq ostida. Sababi katta extimol bilan klub murabbiylar shtabi yangilanadigan bo'lib turibdi. Lekin bu hozircha klub rasmiylari tomonidan rasman tasdiqlanmadi. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, bugun-erta rahbariyat qarorini aytadi.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia