"Qizilqum" 11 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2024, 15:18
Navoiyning "Qizilqum" klubini 11 nafar futbolchi tark etdi.

O'tgan mavumda klub tarkibida harakat qilgan darvozabonlar Javohir Ilyosov va Dilshod Yo'ldoshev, himoyachilar Jo'rabek Mannonov, Fayzullo Qambarov, yarim himoyachilar Sherali Jo'raev, Murod Rahmatov, Ifeani Ifeani, Islom Toshpo'latov, Alisher Sanoev, hujumchilar Marko Simonovski va Islom Kenjaboev "Qizilqum"ni tark etishdi.

Ushbu futbolchilarga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatiga omad tilaymiz!", - deb yozadi "Qizilqum" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати