

FIFA reytingiga ko'ra Kongo DR va Iroq terma jamoalari to'g'ridan-to'g'ri final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Yamayka, Surinam, Boliviya va Yangi Kaledoniya terma jamoalari o'z yurishlarini yarim finaldan boshlashadi.
Yarim final g'oliblari finalda Kongo DR va Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Finaldagi g'oliblar esa kelasi yil yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan JCHga yo'l olishadi.
Eslatib o'tamiz, Pley-off uchrashuvlari 21-31 mart kunlari Meksikaning ikkita stadionlarida bo'lib o'tadi.



