Qirol kubogi-2015. O'zbekiston (U23) - Gonduras 2:4

Narzulla Saydullayev
7 fev 2015
Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailanddagi Qirol kubogida uchinchi o'yinini o'tkazdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Gonduras terma jamoasiga qarshi o'ynadi. Shuhrat Maqsudov shogirdlari so'nggi turda 2:4 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz dastlab Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida yutqazishgandi. Ikkinchi turda Tailand 5:2 hisobida taslim etilgandi.

O'FF rasmiy sayti xabariga ko'ra bugungi o'yinda Diyor Turopov va Jahongir Abdumo'minov gol urishdi.

Qirol Kubogi (King's Cup).
7 fevral. Tailand. 14:00
O'zbekiston (U-23) - Gonduras 2:4

Gollar: Diyor Turopov (7), Jahongir Abdumo'minov (90)


Soat 17:00da Tailand va Janubiy Koreya o'rtasidagi bahs boshlanadi.

#JamoalarO'YUDMT-NO
1Janubiy Koreya22003:06
2O'zbekiston31027:73
3Tailand21015:63
4Gonduras31025:73


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia