

Ushbu bahs 7 iyunga belgilandi. Shu kuni Qozog'iston safarda Xitoy bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Oldinroq qirg'izlar 2 iyunda Livan bilan o'ynamoqchi bo'lishdi. Bahs bekor qilindi. Keyin Toshkentda O'zbekiston bilan o'ynash borasida kelishuvga erishildi. Biroq 21 may kuni Toshkentdan rad javobi keldi. Shu bois Qirg'iziston terma jamoasi yig'inni 1 hafta keyinroq tashkil etishga qaror qilishdi. Ushbu yig'inga legionerlar chaqirilmaydi va Qozog'iston klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi.
Avgust oyi oxirida Qirg'iziston Qozog'iston terma jamoasi bilan o'ynaydi.



