Qaysi holatda "Milan" Piolini ishdan bo'shatishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
31 okt 2023, 22:12
Stefano Pioli ushbu mavsum davomida "Milan" boshqaruvidan ketishi mumkin.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, 58 yoshli mutaxassisning klubdagi kelajagi jamoaning YCHL pley-off bosqichiga chiqishiga bog'liq bo'ladi. Ayni damda milanliklar YCHL guruh bosqichida PSJ, "Borussiya" D va "Nyukasl" bilan kuch sinashmoqda va 3 o'yinda birorta gol urmasdan, 2 ochko to'pladi.

Qayd etilishicha, ushbu mavsumda jamoaning kuchli to'rtlikka kirishi klubdagilar uchun etarli bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Repubblica