"Qayrat"ning Chempionlar Ligasidagi o'yinlari Ostonada o'tkazilishi rejalashtirilmagan

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025, 18:05
Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Olmaotaning "Qayrat" futbol klubi Ostona shahrida o'yinlarini o'tkazmaydi.

Bu haqda Qozog'iston turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov parlamentning ikki palatasi yig'ilishidan so'ng ma'lum qildi.

"Olmaotadagi stadion Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining (UEFA) to'rtinchi toifali arenasi hisoblanadi. U standartlarga javob beradi, biz o'sha yerda o'yin o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz", – dedi vazir Ostonada o'yin o'tkazish imkoniyati haqidagi savolga javob berarkan.

"Qayrat" ilk bor Chempionlar Ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi. Qozog'iston jamoalaridan faqat "Ostona" 2015 yilda buni uddalagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: soccer.ru