"Qayrat"ga bir qadam qoldi. YCHL saralashining so'nggi bosqichi qanday ko'rinish oldi?

Administrator
13 avg 2025, 22:46
Yevropaning klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirining liga bosqichiga saralash bashlari o'zining eng qaynoq nuqtasiga chiqdi.

Hozirga kelib, oldinda bizni so'nggi bosqich kutib turibdi. Pley-offning so'nggi bosqichida uchrashuvlar uy-safar tizimida o'tkaziladi va ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozongan jamoa YCHL liga bosqichiga yo'llanma oladi. E'tiborlisi, da'vogarlar orasida Qozog'istonning "Qayrat" klubi ham bor. "Qayrat" uchun so'nggi imtihon "Seltik"ka qarshi bo'ladi. Bundan tashqari, bizni "Fenerbahche" – "Benfika"  olovli to'qnashuvi ham kutib turibdi. Saralashning so'nggi bosqich o'yinlari 19-20 va 26-27 avgust kunlari o'tkaziladi.


"Ferencvarosh" – "Qorabog'" 19 avgust, 27 avgust

"Crvena Zvezda" – "Pafos" 19 avgust, 26 avgust

"Bazel" – "Kopengagen"  20 avgust, 27 avgust

"Budo Glimt" – "Shturm Graz" 20 avgust, 26 avgust

"Seltik" – "Qayrat" 20 avgust, 26 avgust


"Reynjers" – "Bryugge" 19 avgust, 27 avgust

"Fenerbahche" – "Benfika"  20 avgust, 27 avgust


Ma'lumot uchun, yuqoridagi besh juftlik chempionlar yo'li orqali bu bosqichga yetib kelishdi. Oxirgi ikki juftlik esa liga yo'li orqali YCHLga yo'llanma olishga harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: UEFA.com