"Qayrat" o'zbekistonlik futbolchiga e'tibor qaratdi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2024, 20:00
O'zbekistonlik 22 yoshli himoyachi Ibrohimhalil Yo'ldoshev faoliyatini "Qayrat" klubida davom ettirishi mumkin.

Almati klubi futbolchi uchun Turkiyaning "Samsunspor" klubi bilan kurashmoqda. "Qayrat" Yo'ldoshevni yaqindagina "Elimay"ga o'tib ketgan Sergey Keylerning o'rniga olib kelmoqchi.

Yo'ldoshev "Pari NN" safida 2,5 yildan buyon o'ynamoqda va O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 16ta o'yin o'tkazgan. Bundan oldin u "Paxtakor" va "Bunedkor" klublarida o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/Kozhakhmet_inside_official