Qatarlik shayx "Manchester Yunayted" xarididan voz kechishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyun 2023, 10:59
Qatarlik shayx Xamad bin Jassim bin Jobir Al Tani "Manchester Yunayted" ishi" cho'zilib ketganidan ranjigan.

Avvalroq, shayx rasmiy taklif yuborgani ma'lum bo'lgandi. Taklif 5 milliard dollarni taklif etadi va infratuzilma uchun qo'shimcha milliard ham ko'zda tutilgan. Shanba kunigacha klubga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi bu taklifni qabul qilishi yoki rad etishi mumkin. Shayx barchasi cho'zilayotganidan norozi. Uning fikricha bu sun'iy ravishda qilinmoqda. 

Klubga boshqa bir da'vogar ser Jima Retkliffning taklifi esa bosqichma-bosqich klubni qo'lga kiritish hisoblanadi. U birdaniga klubning 51% akciyasini qo'lga kiritishi, Gleyzerlar esa yana bir necha yil "qizil iblislar" boshqaruvida ishtirok etishi mumkin. Shayx Jasim xafa, uning vakillari esa klubning sotuv jarayoni o'ziga xos o'yin bo'lib ketmoqda deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports