

Bu haqda jurnalistlarga rossiyaliklar bosh murabbiyi Valeriy Karpin ma'lum qildi.
O'yin Ar-Rayyan shahrida 7 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:15 (Toshkent vaqti bilan 20:15)da boshlanadi.

"Nega biz bunday vaqtda o'ynayapmiz? Teletranslyatsiya tufayli, biz kechroq o'ynashni xohladik. Haroratga kelsak, bu kondicionerli yaxshi stadion ekanligiga ishonch hosil qildik. Umid qilamanki, ob-havo o'yinga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi", – dedi Karpin.
Bosh murabbiy Rossiya terma jamoasi futbolchilaridan qaysi biri Qatarga bormasligi qachon aniq bo'lishini tushuntirdi.
"Hozir bu savolga javob bera olmayman. Shifokor bilan gaplashaman, ertaga ertalab shoshilmasdan qaror qilishimiz kerak. Futbolchilar soviganida muammolar paydo bo'lishi mumkin. Kimdir bormasligi aniq", – deya tushuntirdi u.



