Qatar. O'zbekistonliklar to'qnashuvida Abduxoliqov gol urdi VIDEO

Narzulla Saydullayev
15 okt 2017, 08:30
Qatar Yulduzlar ligasida 4-turdan o'rin olgan navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Temurxo'ja Abduxoliqov o'ynayotgan "Al Sayliya" klubi o'z uyida Sanjar Tursunov faoliyat olib borayotgan "Al Xaritiyat"ga qarshi o'ynab 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda to'liq o'ynagan Abduxoliqov 40-daqiqada mavsumdagi to'rtinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. Sanjar Tursunov ham mehmonlar safida to'liq o'ynadi. "Al Sayliya" 4ta turda 9 ochko to'plab ikkinchi o'rinda bormoqda, "Al Xaritiyat" esa 1 ochko bilan 11-o'rinda joylashgan.

Ayni paytda Qatar Yulduzlar ligasida Abduxoliqov to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Umm Salal" hujumchisi Yannik Sagbo 5ta gol urishga erishgan.

Qatar Yulduzlar ligasi
"Al Sayliya" - "Al Xaritiyat" 2:1
Gollar:
Temurxo'ja Abduxoliqov 40, Vagner Ribeyro 65 - Riberkanine 37



TAS-IX Emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia