Qatar 2022 yilgi jahon chempionati oldidan futbolchilarni majburiy emlashni joriy qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2021, 21:55
Qatar hukumati 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha futbolchilar uchun COVID-19'ga qarshi majburiy emlash g'oyasini ilgari surmoqda.

Ma'lumki, turnirga borishga qaror qilgan har bir kishi koronavirusga qarshi to'liq emlangan bo'lishi kerak. Ma'lum bo'lishicha, shtat tashrif buyuruvchilar uchun million dozli vakcinani sotib oladi. 

Hozirgi vaqtda Qatarda 4,6 million odam emlangan - bu aholining 82% qismini tashkid etadi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati kelgusi yilning noyabr-dekabr oylarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic