

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildirgan. Shunga qaramay bosniyalik yarim himoyachi Turinda qolishni xohladi. "Yuventus" futbolchining ketishiga tayyor edi. Turinliklar uning o'rniga "Lacio"dan Sergey Milinkovich-Savichni yoki "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani xarid qilmoqchi edi.
Ammo endi Pyanich shartnomani uzaytirmoqchi. Futbolchining yillik maoshi 6 mln. evroga (hozirgi maosh 4,5 mln. evro) yetishi mumkin.



