Pyanich uchun bosh da'vogar ma'lum bo'ldi

Alisher
27 mar 2020, 12:16
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanichga PSJ klubi qiziqish bildirmoqda.

Italiyalik jurnalistlar Parij klubini futbolchi uchun yagona da'vogar sifatida ko'rishmoqda.

Boshqa hech bir klub bosniyalik o'yinchi borasida Turin klubi bilan aloqaga chiqmagan. "Yuventus" PSJ bilan muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti.

Transfermarkt 29 yoshli Pyanichni 65 million evroga baholagan. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com