Pyaca yozda "Yuventus"dan ketadi

Alisher
23 iyun 2022, 16:53
"Yuventus" yarim himoyachisi Marko Pyaca yozgi transfer oynasida Turin klubidan ketadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 27 yoshli xorvatiyalikka "Salernitana" qiziqish bildirmoqda.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum "Torino"da ijara asosida harakat qildi va barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

Pyacaning "Yuventus" bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira