Putin JCH-2018 favoritlari nomini aytdi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2018
Rossiya prezidenti Vladimir Putin futbol bo'yicha jahon chempionatida qaysi jamoalarni yetakchi deb hisoblashini ma'lum qildi.

"Bu qiyin savol. Davogarlar ko'p. Lotin amerika jamoalaridan Argentina va Braziliya. Germaniya terma jamoasi avvalgi jahon chempionatlarida yaxshi o'ynaganini va Ispaniya chiroyli o'yin ko'rsatishini yaxshi bilamiz. Yana davogarlar bo'lishi mumkin, ammo eng kuchli jamoa g'olib bo'ladi" - deydi Putin.

Rossiyadagi jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulgacha bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CRI English