Pulka. 6-tur o'yinlari poyoniga etdi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2013, 20:49
Birinchi liga jamoalari o'rtasida Namanganda o'tkazilayotgan pulka o'yinlarining bugun navbatdagi tur bahslari bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent jamoalariga omad kulib boqdi. Ayniqsa, “Lokomotiv-BFK”ning g'alabasi uning turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib olishini taminladi. Shuningdek “Zomin” ham o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi. 4-o'rin egasi esa, so'nggi turda aniqlanadigan bo'ldi. Quyida bugungi o'yinda qayd etilgan natijalar bilan tanishib olishingiz mumkin.   

6-tur. 14 oktyabr (dushanba)
“Bunyodkor-2” – “G'allakor” 0:2
“Surxon” - “Lokomotiv-BFK” 0:2
“Xotira-79” – “Zomin” 2:2

6-TURDAN KEYINGI VAZIYAT

1

LOKOMOTIV-BFK (Toshkent)

5

4

0

1

13-8

12

2

XOTIRA-79 (Uychi)

5

3

2

0

14-7

11

3

ZOMIN (Zomin)

6

2

3

1

11-7

9

4

G'ALLAKOR-AVTOMOBILCHI (G'allaorol)

5

2

1

2

5-8

7

5

SURXON (Termiz)

5

1

2

2

5-7

5

6

BUNYODKOR-2 (Toshkent)

5

1

1

3

7-10

4

7

BUXORO-2 (Buxoro)

5

0

1

4

6-13

1

Turnir taqvimiga ko'ra, jamoalar ertaga dam oladi. 16 oktyabr kuni esa musobaqaning eng so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Aytish joizki, dastlabki 3ta o'rin egasi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Endi 4-o'rin uchun chorshanba kuni jiddiy kurash kechadi. So'nggi turda to'qnash keladigan “Buxoro-2” - “Bunyodkor-2” qarama qarshiligi hech nima anglatmaydi. Bu jamoalar birinchi ligada qolishdan allaqachon umidlarini uzishgan. Endi ular shunchaki rasmiyatchilik uchun maydonga tushishadi.


Eslatib o'tamiz, turnir jadvalida 1-2-o'rinni egallagan jamoalar keyingi yil ham birinchi ligada ishtirok etish xuquqini qo'lga kiritadi. 3-4-o'rinni band etgan jamoalar esa  ayni paytda birinchi liganing ikkinchi bosqichida ishtirok etayotgan va turnir jadvalida 15-16-o'rinlarni band etgan jamoalar bilan kuch sinashadi. Yani 3-o'rin sohibi, birinchi ligadagi 16-o'rinni egallagan jamoa bilan o'zaro o'yin o'tkazsa, 4-o'rin egasi esa 15-o'rinni band etgan klub bilan to'qnash keladi.  

7-tur. 16 oktyabr (chorshanba)
“Buxoro-2” - “Bunyodkor-2”
“G'allakor” – “Surxon”
“Lokomotiv-BFK - “Xotira-79”


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia