Pulishich "Milan"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023, 18:54
"Chelsi" va AQSH terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Pulishich "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

Shartnomaning shaxsiy shartlari kelishilgan. Klublar tez orada futbolchining narxi borasida kelishuvga erishishadi.

"Milan" futbolchi uchun 22 mln evro taklif qilgan. Muzokaralar yakuniy bosqichga kirmoqda.

Pulishichning "Chelsi" bilan kelishuvi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. 24 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsum 30 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali amerikalik futbolchini 25 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano