PSV murabbiyi "Leyptsig"ni boshqarishni istamadi

Alisher
7 dek 2021, 11:01
PSV murabbiyi Roger Shmidt "Leyptsig"dan taklif oldi.

Ammo, 54 yoshli mutaxassis ushbu variantni rad etdi. Leyptsig klubi bosh murabbiylik lavozimi Jessi Marshning iste'fosidan so'ng bo'sh turibdi.

"Leyptsig" Germaniya chempionatida 14 turdan so'ng 18 ochko jamg'argan holda, jadvalda 11-o'rinda bormoqda.

Oldinroq, "Spartak" sobiq bosh murabbiyi Domeniko Tedesko "Leyptsig"ni boshqarishi mumkinligi aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Vl.nl.