PSV Anxelinoning o'rniga "Valensiya" himoyachisini ijaraga oldi

Alisher
5 iyul 2019, 15:11
Toni Lato faoliyatini Eyndxovenda davom ettiradi.

PSV "Valensiya" himoyachisi Toni Latoni ijaraga oldi.

Klublar o'tgan bir necha kun davomida muzokaralar olib borishdi va transfer uchun turli variantlarni o'rganishdi. Bu variantlar ichida futbolchini sotib olish ham bor edi, ammo yakunda Lato ijaraga berildi.

21 yoshli futbolchi "Valensiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Ispaniyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida harakat qiladi.

Lato yakunlangan mavsum barcha turnirlarda atigi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/PSV