PSJning sobiq futbolchisi Toshkentning "Lokomotiv"iga nega omad tiladi? FOTO

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018, 19:21
Bugun Rossiya Superkubogi doirasida Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi hamshahari SSKAga qarshi maydonga tushadi.

Yaqindagina "Lokomotiv" safiga o'tgan polshalik futbolchi bugungi bahsda ishtirok eta olmaydi. Shu boisdan u o'z jamoasiga omad tilash uchun tvit qoldirdi.

Ammo u adashib ketdi va Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini belgilab yubordi. O'z navbatida bu muxlislar o'rtasida kulguli tarzda muhokama qilindi.

Olg'a, "Lokomotiv" Toshkent! ;)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia