

PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoadan ketayotgan futbolchi Kilian Mbappedan hafsalasi pir bo'ldi va klub obro'siga katta ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan qaror qabul qildi.
PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan fransiyalik yulduz erkin agent sifatida "Real"ga o'tishga deyarli rozi bo'ldi. Ammo vaziyat Al-Xelayfining Mbappega ajratilgan mablag'ni to'lashdan bosh tortgani tufayli murakkablashdi.
Fransiyaning nufuzli L’Equipe nashri xabariga ko'ra, PSJ prezidenti Kilian Mbappening aprel oyidagi maoshi va bonuslarini, xususan, 80 million evroni to'lashdan bosh tortgan. Al-Xelayfiyning bu qarori fransiyalik forvardning noroziligiga sabab bo'ldi va endilikda Mbappening advokatlari ishga kirishdi.
Ushbu pul Mbappening o'tgan yili jamoada qolish haqidagi sodiqlik qarori uchun to'lanishi kerak edi.



