

"O'ylaymanki, men o'zimni Fransiyadan tashqarida boshqa chempionatda sinab ko'rishni xohlayman. To'p tepish qiziq bo'lgan ligalar ko'p. Men Premer-ligada o'ynashni juda ham xohlayman. Qaysidir aniq klubda emas, biroq yoshligimda menga "Liverpul" yoqar edi", - dedi Rabo. Shuni alohida keltirib o'tamiz, Adrien Rabo joriy mavsum Fransiya chempionatida to'pga 779 marotaba tegdi va Liga 1ning eng faol futbolchisi bo'lib turibdi.




