PSJning 8 futbolchisi so'nggi mashg'ulotda qatnashmadi, biroq Ramos o'yinga tayyor

Оқил Абдубарноев
8 apr 2022, 19:31
Parijliklar Liga 1 doirasidagi safarda "Klermon"ga qarshi o'yinni turli jarohatlar tufayli bugungi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan 8 nafar futbolchisiz o'tkazishlari kerak.

Jurnalist Adrien Grenening xabar berishicha, bugun guruh mashg'ulotida ishtirok etmagan futbolchilar orasida darvozabon Keylor Navas, yarim himoyachilar Yulian Draksler, Ander Errera, Ismael Garbi, Anxel Di Mariya, Leandro Paredes hamda himoyachilar Abdu Diallo va Layven Kyurzava bor.

Serxio Ramosga keladigan bo'lsak, ispaniyalik himoyachi umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi va ertangi o'yinda jamoasiga yordam berishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Eurofootball