PSJdagilarning fikricha, Benzema ketganidan so'ng Mbappe "Real"ga o'tishni xohlab qolgan

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2023, 20:50
Karim Benzemaning "Real"dan ketishi Kilian Mbappening PSJ bilan shartnomani uzaytirmaslik qaroriga ta’sir qilgan.

PSJdagilarning fikricha, Karim Benzemaning "At Ittihod"ga o'tishi Kilian Mbappening qaroriga ta’sir ko'rsatgan.

Benzema ketishidan uch hafta avval Mbappe PSJ bilan shartnoma uzaytirish borasid muzokaralar o'tkazayotgan edi. Ammo transfyerdan so'ng hammasi o'zgardi.

Forvardning PSJ bilan kelishuvni uzaytirmaslik qarori PSJ uchun kutilmagan vaziyat bo'ldi. Parijliklarning taklifi hali ham o'z kuchida, ammo Mbappe unga iloji boricha tezroq javob berishi kerak.

PSJ bosslari ayni damda futbolchilarga o'z "avtoriteti"ni ko'rsatib qo'ymoqchi. "Futbolchi kim bo'lishidan qatiy nazar, PSJ birinchi o'rinda. Agar Kilian ketishni istasa, ketaversin" - deydi klub rahbari.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca