PSJdagilar bosh murabbiyni o'zgartirishni o'ylab ko'rishdi

Mirjalol Normatov
16 fev 2023, 20:30
PSJ rahbarlari jamoa bosh murabbiyini o'zgartirish masalasini ko'rib chiqishmoqchi.

"Le Parisien" xabariga ko'ra, rahbariyatga jamoaning so'nggi uch bahsdagi mag'lubiyati maqul kelmagan. Parijliklar oxirgi 3 bahsida uch xil turnirda mag'lub bo'lishdi. Klubdagilarga esa nafaqat natijalar, balki, jamoaning o'yin sifatida ham maqul kelmagan. Ularning fikricha, jamoada pasayish bor.

"Lill" va "Marsel"ga qarshi o'yinlar jamoa ustozi Kristof Galte uchun sinov bo'ladi. Agarda u iste'foga chiqariladigan bo'lsa, Zinedin Zidan bilan muzokaralar boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien