PSJ "Yuventus" futbolchisiga ikki baravar ko'proq maosh bermoqchi

Mirjalol Normatov
28 mar 2018, 15:27
"Corriere della Sera" nashri xabariga ko'ra, Miralem Pyanich PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

Fransiyadagilar unga Turin jamoasi to'layotgan maoshdan ikki baravar ko'prog'ini berishga tayyor turibdi. Ayni damda u "Yuventus"da 4,5 mln evro maosh olmoqda. Parijda esa unga yiliga 8 mln evro maosh to'lashga tayyor turibdi. Shartnoma esa 5 yilga mo'ljallangan.

Miralemning ayni damdagi shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi. Uning tovon puli 65 mln evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere della Sera