Miralem Pyanich SSKAga o'tishga yaqin

Alisher
21 sen 2024
Moskvaning SSKA klubi Miralem Pyanichning transferi ustida oldinga qadam tashladi.

34 yoshli yarim himoyachi rus jamoasiga o'tishga yaqin.

Qayd etilishicha, "armiyachilar" "Barselona" va "Yuventus" sobiq futbolchisiga yiliga 2 mln evro to'lashga rozi va yakuniy javobni kutmoqda.

Pyanich "Sharja"dan ketganidan beri erkin agent maqomida yuribdi.


AlisherMuallif
Manba: Sportske.ba