

Ma'lumotlarga qaraganda, Fransiya chempionlari futbolchi vakillari bilan aloqaga chiqqan va uni sotib yuborish rejasi yo'qligini ma'lum qilishgan.
Joriy mavsumni xavbek ijara huquqi asosida "RB Leyptsig"da o'tkazmoqda. Agarda u hozir PSJga qaytishni istamasa, yana biror jamoaga ijaraga ketishi mumkin. Aynan shu variant haqiqatga yaqinroq, deb aytilmoqda. Yangi jamoa nomi tanlanayotganda futbolchining o'zi ham hal qiluvchi ovozga ega bo'ladi.
Ma'lumot uchun, niderlandiyalik hujumchi joriy mavsum RB Leyptsig safida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 15 ta golga uzatma amalga oshirdi.



