PSJ Xvicha uchun 100 mln evro taklif qildi, biroq...

Sherzod Nurmatov
24 may 2024, 20:25
Parijliklar futbolchiga jiddiy qiziqishmoqda.

PSJ "Napoli"ga vinger Xvicha Kvaratsxeliya uchun 100 mln evro taklif qildi, deya xabar berdi "Footmercato". 

Gruziyalik futbolchi parijliklarning yozdagi ustuvor maqsadlaridan biridir. Biroq futbolchini hatto 100 millionga ham oson olib bo'lmaydi. Neapolliklar futbolchiga ishonishadi va u bilan bitimni uzaytirish niyatida.

23 yoshli vinger joriy mavsum barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato