PSJ va Neymar o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi

Mirjalol Normatov
9 noya 2019
PSJ va Neymar o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, tomonlar shartnomaning shartlari borasida muzokaralar o'tkazishgan. Biroq bu o'z natijasini bermagan. Shu boisdan klub rahbariyati braziliyalik va uning vakillari bilan gaplashishni biroz to'xtatib qo'yishgan. Ayni damda tomonlar muzokaralari davom etmayapti.

Neymarning PSJ bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. O'tgan yozda futbolchi "Barselona"ga qaytishni istayotganini aytib o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe