

PSJ rasmiy saytida yarim himoyachi Uorren Zair-Emeri bilan bitim uzaytirilganini e'lon qildi. Tomonlar 2029 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladilar.

Bosh murabbiyi Luis Enrike fransiyalik yosh futbolchiga katta ishonch bildirmoqda. U joriy mavsumda asosiy tarkib a'zosi sanaladi.
Zair-Emeri – "PSJ" tarbiyalanuvchisi. 18 yoshli o'yinchi ushbu mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



