PSJ sobiq futbolchisi Verrattini sotishni maslahat berdi

Sherzod Nurmatov
29 iyun 2023, 11:38
PSJ sobiq a'zosi Jerom Roten parijliklarga Saudiya Arabistoni klublari qiziqayotgan yarim himoyachi Marko Verrattini sotishni maslahat berdi.

"Klub bu imkoniyatdan foydalanishi kerak. Taklif bormi sotish kerak. U bu yerda 10 yildan ortiq vaqt o'ynadi va Parijdagi dastlabki yillarida juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Marko Verratti PSJ uchun ajoyib yarim himoyachi bo'lganiga shubha yo'q, ammo so'nggi yillarni hisobga olsak, bu etarli emas.

U kiyinish xonasida Tyago Motta, Tyago Silva, Ibragimovichning o'rnini bosa olmadi. Biz Markinos va Verrattidan ko'proq narsani kutgandik, hafsalamiz pir bo'ldi.

Bu taklif, albatta, maosh jihatidan u uchun qoniqarliroq. PSJ bunday taklifni rad eta olmaydi. Bu nihoyat bizga yarim himoya va kiyinish xonasidagi muhitni o'zgartirishga imkon beradi", – dedi Roten.

Oldinroq PSJ Verrattini sotishga tayyorligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport