PSJ Sancho bo'yicha taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2024
Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni jamoaga taklif qildi.

Bu haqda "Footmercato" yozmoqda.

Manbaga ko'ra, shartnoma shartlari bo'yicha futbolchi va klubning poziciyalari bir-biriga juda yaqin. Parijliklar taqdim etgan loyiha angliyalik futbolchini qiziqtirmoqda. 

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" o'z futbolchisini qo'yib yuborishni xohlaydimi va qanday narxda qo'yib yuborishi mumkinligi hozircha aniq emas.

Sancho o'tgan mavsum mankunianlar va dortmundliklar tarkibida 24 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgandi. 

Transfermarkt portali Sanchoni 30 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato