PSJ Raboning narxini ko'tarib yubordi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2018
PSJ rahbariyati yarim himoyachi Adrien Raboning transfer narxini ko'tarib yubordi.

"Le Parisien" xabariga ko'ra, ayni damda 23 yoshli futbolchi bilan "Barselona" kelishib qo'ygan. Jamoa uning uchun "Barselona"dan 40 mln evro talab qilmoqda. Oldinroq uning narxi 15 mln evroni tashkil qilishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'tgan mavsumda Rabo PSJ tarkibida 50 uchrashuvda qatnashib, 5 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Parisien