PSJ Raboning maoshini 4 baravar ko'tarmoqchi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2018, 18:14
PSJ rahbariyati yarim himoyachi Adrien Raboni jamoada saqlab qolmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya klubi 23 yoshli futbolchiga moliyaviy jihatdan juda foydali bo'lgan bitim taklif qilmoqchi. Ayni damda Raboning oylik maoshi 250 ming evro. Parijliklar futbolchiga har oy 1 mln. evro to'lashga tayyor. PSJ sardori Tyago Silva ayni damda bir oyda shuncha pul ishlab topadi. Rabo hozirgacha klubning bir nechta taklifini rad etishga ulgurdi.

Oldinroq, Rabo xizmatlariga "Barselona", "Yuventus" va "Tottenxem" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe