PSJ prezidenti: “Neymar va Mbappe biz bilan abadiy qoladi”

Eldor Akmurzayev
11 mar 2021, 21:30
Parijliklar rahbari Nosir Al Xelayfi jamoaning YCHL chorak finaliga chiqqani haqida gapirdi.

“PSJ Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqqanidan faxrlanaman. 4 yil oldingi voqeani esa allaqachon unutganman.

Tarix tarix bo'lib qoladi, ammo biz yaxshi o'ynadik va buyuk “Barselona”ni musobaqadan chiqarib yubordik, bundan esa xursandmiz.

Neymar va Mbappe – PSJ futbolchilari. Ular biz bilan abadiy qoladi”, deydi funkcioner.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L’Équipe