PSJ prezidenti: "MFPdan havotir olayotganlar, boring qahva iching, hech qanday muammo yo'q"

Aslanov Jasurbek
4 avg 2017, 17:29
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi Neymarning klubga o'tishiga bag'ishlangan matbuot-anjumanida moliyaviy feyr-pley haqida gapirdi.

"Moliyaviy feyr-pley haqida qayg'urayotganlar, boring qahva iching, hech qanday muammo yo'q. Biz bajarganimizning hammasi shaffof va qonuniy. OAVda aytilayotganlariga tupurdim.

Neymar bizga pul uchun o'tmaganini kafolatlayman. U boshqa klubda ko'proq pul olishi mumkin edi" - deydi Al-Helayfi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalikning transferi futbol tarixidagi eng qimmatiga aylandi. PSJ "Barselona"ga 222 mln. evro to'ladi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com