PSJ prezidenti 2015 yilda FIFA bosh kotibiga 20 ming evrolik soat sovg'a qilgan ekan

Aslanov Jasurbek
9 noya 2017, 18:44
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valkega pora berganlikda gumon qilinmoqda.

Bu 2015 yilda Dohadagi mehmonxonalardan birida sodir bo'lgan.

Eshitish jarayonida Valke yostig'i ostidan 10-20 ming evro Cartier soatini topib olganini aytgan. Oldinroq, Al-Helayfi jahon chempionatlari uchrashuvlarini translyatsiya huquqini sotib olish uchun Valkega 7 mln. evrolik villa sovg'a qilgani e'lon qilingandi. Uning advokatlari esa bu ma'lumotni rad etishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Shveytsariya prokuraturasi Al-Helayfini JCH-2018, JCH-2022, JCH-2026, JCH-2030 o'yinlarini translyatsiya qilish huquqini sotib olishda pora berganlikda ayblab, unga nisbatan ish ochgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien