PSJ o'yinchilari Germaniyada liftda qulflanib qolishdi. Qutqaruvchilar esa ularni bir soatdan oshiq vaqtdan so'ng qutqarishdi

Alisher
4 noya 2020, 16:00
PSJ futbolchilari "RB Leyptsig"ga qarshi o'yin oldidan noqulay vaziyatga tushib qolishdi.

Parijliklar himoyachisi Leven Kurzava ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildiki, ular Germaniyada, aniqrog'i Leyptsigdagi liftda nosozlik sabab qolib ketishgan.

"Pari Sen-Jermen" o'yinchilari u yerda 1 soatdan oshiqroq vaqt davomida bo'lishdi. Keyinchalik ularga mahalliy qutqaruvchilar yordamga keldi.

Shunisi ma'lumki, PSJ xavbeki Marko Verratti liftdan qo'rqadi. Ammo, u ham liftda qolib ketganlar orasida bor edi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: culturepsg.com