PSJ Neymarni ijaraga berishga tayyor

Alisher
29 iyun 2022, 13:03
PSJ rahbariyati ushbu yozda braziliyalik Neymar bilan xayrlashmoqchi.

Klub o'yinchiga kelasi mavsumni boshqa jamoada ijarada o'tkazishini ma'lum qildi. Parijliklar uning maoshini to'liq to'lashadi. Neymarga "Chelsi", "Yuve", MYU va "Barsa" qiziqmoqda.

Neymar o'tgan mavsum PSJ tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 8ta assist qayd etdi.

2017 yildan beri PSJda o'ynayotgan 30 yoshli braziliyalikning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Pais