“PSJ” - “Monako” - 3:0. Parijliklar Liga Kubogi sohibi bo'lishdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2018, 07:49
Fransiya liga Kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bordo shahridagi “Stad de Bordo” stadionida o'tgan uchrashuvda mamlakatning ikki grand klubi - “PSJ” va “Monako” o'zaro to'qnash kelishdi. 

O'yinda parijliklar 3:0 hisobida zafar quchib, bosh mukofot sohibiga aylanishdi. Edison Kavani dublga erishgan bo'lsa, yana bir gol Anxel Di Mariya hisobiga yozildi. 

Fransiya Liga Kubogi. Final

PSJ – Monako 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 8, penalti Kavani, 2:0 – 21 Di Mariya, 3:0 – 85 Kavani.

PSJ – Trapp, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti (Lo Chelso, 70), Rabo, Draksler (Diarra, 81), Di Mariya (Pastore, 52), Mbappe, Kavani.

Monako – Subashich, Glik, Radji, Sidibe, Jemerson, Fabino, Tilemans (Yovetich, 46), Moutinyu (Gezzal, 80), Lopesh (Diakabi, 73), Lemar, Falkao.

Ogohlantirishlar: Glik (31), Falkao (65), Radji (75).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif