PSJ Messi bo'yicha FIFAga shikoyat qildi

Eldor Akmurzayev
8 noya 2021, 09:30
Parijliklar sport direktori Leonardo Argentina TJ murabbiylar shtabi jarohatdagi Lionel Messining noyabrdagi o'yinlarga chaqirganiga munosabat bildirdi.

“Hali sog'aymagan va jarohatidan tiklanayotgan futbolchining terma jamoaga chaqirilishiga qarshimiz.

Bu qaror aqlga sig'maydi va FIFA bu kabi holatlarni ko'rib chiqish kerak”, deydi Leonardo.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli forvard jarohati tufayli PSJning oxirgi 2 o'yinini o'tkazib yubordi.

Argentinani oldinda JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Urugvay (13 noyabr) va Braziliya (17 noyabr)ga qarshi muhim uchrashuvlar kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC Sport