PSJ Mbappening o'rniga Grizmanni olib kelmoqchi

Khoja
15 iyun 2023, 09:20
“Atletiko M” yarim himoyachisi Antuan Grizmann faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, parijliklar Kilian Mbappeni sotgan taqdirda uning o'rniga eng yaxshi variant sifatida Grizmanni ko'rishmoqda. Biroq “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone Grizmann bilan xayrlashishni istamaydi. Shuningdek, Fransiyalik futbolchi ham Madridni tark etish niyatida emas. 

Joriy mavsumda Grizmann La Ligada 15 ta gol urdi va 16 ta golga assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com