PSJ Mbappeni yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2022
Parij klubi hujumchisi Kilian Mbappe noma'lum muddatga safdan chiqdi.

Parijliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi chap oyog'idan jarohatlangan.

Fransiyalik yulduzning tiklanish muddati haqida aniq xabar yo'q. U ertaga qo'shimcha tekshiruvdan o'tadi.

Mbappe joriy mavsumda PSJ uchun 27 o'yinda maydonga tushib, 19 ta to'p kiritdi hamda 15 ta assist qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr