PSJ "Manchester Yunayted" yetakchisini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2021, 13:18
PSJ "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Daily Star" xabariga ko'ra, parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino fransiyalik xavbekning transferini asosiy planga olib chiqqan. Uning xizmatlariga "Real" hamda "Yuventus" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda.

Ushbu mavsumda 27 yoshli Pogba "Manchester Yunayted" tarkibida 21 o'yinda qatnashdi va 2 gol urib, 3 assist amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star