PSJ Leau uchun katta mablag' to'lashdan cho'chimaydi

Sherzod Nurmatov
11 okt 2022, 17:48
Parij klubi "Milan" a'zosining shartnomasida ko'rsatilgan 150 mln evroni to'lashga tayyor.

Fransiya chempioni 23 yoshli portugaliyalik forvardni qo'lga kiritish uchun uning bitimida qayd etilgan 150 mln evrolik tovon pulini to'laydi. Rafael Leau uchun aynan shuncha mablag' ko'rinishida transfer taklifi yuboriladi.

Leau ushbu mavsum barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urib,  7 ta assist qayd etdi. Shuningdek, futbolchi Angliyaning "Chelsi" klubi tomonidan jiddiy kuzatib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Media Foot