PSJ jazoirlik forvardga qiziqmoqda

Alisher
24 yanv 2020, 17:28
"Monako" forvardi Islom Slimani PSJga o'tishi mumkin.

Parij klubi "Atletiko"ga ketishni xohlayotgan Edinson Kavanining o'rniga futbolchi qidirishni boshlagan.

Klub sport direktori Leonardo aljirlik futbolchi bilan aloqaga kirishdi.

31 yoshli futbolchi joriy mavsum "Monako" safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etgan.

Slimani hozirda ijara asosida "Monako"da o'ynagan, uning transfer huquqi "Lester"ga tegishli. Futbolchining ijara muddati mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: le10sport